Olmon Akademie · onlayn

Nemis tili onlayn — jonli darslar

O‘qituvchi bilan real vaqtda — Toshkentdan tashqarida bo‘lsangiz ham. Darslar yozib olinadi: o‘tkazib yuborganingizni keyin ko‘rasiz.

Darslar Olmon Edu ilovasida, iPhone’da o‘tadi.

Olmon Edu ilovasi

Darslar va vazifalar — bitta ilovada.

Darsdan keyin ham o‘qish to‘xtamaydi. Olmon Edu — akademiyamizning iPhone uchun rasmiy ilovasi.

  • Jonli darslar

    Onlayn guruh darsiga bir tugma bilan qo‘shilasiz. Dars boshlanganda ilova o‘zi xabar beradi.

  • Dars yozuvlari

    O‘tgan darslar «Darslar» bo‘limida — kurs davomida qayta ko‘rishingiz mumkin.

  • Uy vazifalari

    Avtomatik tekshiriladigan qism natijasini darhol ko‘rasiz, yozma ishlarni o‘qituvchi baholaydi.

  • Interaktiv testlar

    Mavzular bo‘yicha testlar — natija va xatolar tahlili bilan. Klaviatura ustida ä ö ü ß paneli bor.

  • Chat va e’lonlar

    Onlayn guruhingiz bilan yozishma va o‘qituvchi e’lonlari — bir joyda.

Olmon Edu

iPhone uchun. Jonli darslar, yozuvlar va chat — onlayn guruh talabalari uchun.

Tez orada App Store’da

Ilova to‘rt tilda: o‘zbek, rus, ingliz va nemis.

Darajalar

Nemis tili: A1 dan C1 gacha. Qadam-baqadam.

Darajalar umumevropa CEFR shkalasiga mos. Qaysi darajadan boshlashni birga aniqlaymiz.

  1. A1 Boshlang‘ich

    Birinchi so‘zlar va talaffuz. O‘zingiz haqingizda gapirish, oddiy savol-javob.

  2. A2 Elementar

    Kundalik hayot nemis tilida: do‘kon, yo‘l, uy va ish — oddiy vaziyatlarda bemalol muloqot.

  3. B1 O‘rta

    Mustaqil muloqot: fikringizni tushuntirasiz, tajribangiz va rejalaringiz haqida gapirasiz.

  4. B2 O‘rtadan yuqori

    Erkin va ishonchli nemis tili: murakkab matnlar va bahs-munozara — o‘qish va ish uchun mustahkam poydevor.

  5. C1 Yuqori

    Akademik va professional daraja: aniq, boy va ravon nemis tili.

Qaysi darajadan boshlashni bilmayapsizmi? Ariza qoldiring — birga aniqlaymiz

Sinfda yoki onlayn

Toshkentda yoki istalgan shahardan.

Toshkentda o‘qituvchi bilan sinfda yoki istalgan shahardan jonli onlayn darslarda. Darslar orasida — ilova.

Oflayn darslar faqat Toshkentda o‘tadi. Boshqa shaharda bo‘lsangiz, onlayn formatni tanlang.

Olmon AkademieToshkent, Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi, 30

Birinchi qadam

Ism va telefon raqamingizni qoldiring — mutaxassisimiz qo‘ng‘iroq qilib, maqsadingiz va darajangizga mos yo‘lni tanlashga yordam beradi.